11.03.2022
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan G’ozg’on shahrida asosiysi aholi, yoshlar, xotin-qizlarni Kichik biznes va tadbirkorlikka o’qitish, yangi ish o’rinlarini yaratish, kambag’allikni kamaytirish, viloyatlarni moliyaviy-iqtisodiy o’sishi, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlarni sonini ko’paytirish bo’ycha keng ko’lamli ishlar olib borildi.
2021 yil 15 fevraldan boshlab Oliy maktabning Navoiy viloyat hududiy filialida ham hotin-qizlar va yoshlar uchun 28-ta yo’nalish bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslari tashkil qilindi. O’quv kurslarida “Ayollar daftari”,“Yoshlar daftari” da ro’yxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro’yxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar,yoshlar,aholi va tadbirkor ayollar faol qatnashishdi.
O’tkazilayotgan ushbu o’quv kurslari mutlaqo bepul ravishda amalga oshirilmoqda.Unda o’z tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish arafasida yurgan va tadbirkorlik foaliyati bilan shug’ullanib kelayotgan hotin-qizlar,yoshlar va aholiga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reyestridan o’tkazish, bankda o’z hisobvaraqalrini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar bo’yicha atroflicha ma’lumot berildi.
Unda samarali ish ko’rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining biznesni tashkil etish hamda rivojlantirish bo’yicha tajribasi haqida mahorat saboqlari xam G’ozg’on shahrida o’tkazildi. Hududda yuqori natijalarni ko’rsatayotgant korxonalarga tashrif buyurib, amaliyot bilan bevosita tanishish ham amalga oshirildi.
O’tkazilgan 28.02.2022 yil va 11.03.2022 yillarda G’ozg’on shahrida o’qigan 67 nafar tinglovchilar O’quv kurslari yakunida tanlagan faoliyat yo’nalishlariga qarab biznes-reja tuzdilar va test topshirdilar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan o’tgan tinglovchilarga kurs yakuni bo’yicha sertifikatlar topshiriladi.
Ishtirokchilarning o’z biznes g’oyalari asosida, biznes rejalarini ishlab chiqish borasida nazariy va amaliy mashg’ulotlar bilan bir qatorda, shaharda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalariga etildi. Xususan, bu borada mahalliy xokimiyatlar va mutasaddi tashkilotlar amaliy-tashkiliy yordam ko’rsatildi. Albatta, dasturlarni ishlab chiqish va treninglar o’tkazishda eng avvalo sifat, qiymat va natijaga e’tibor qaratilmoqda.