G'OZG'ONDA NAVRO'Z UMUMXALQ BAYRAMI BO'LIB O'TDI
24.03.2022
Navro'z - yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi munosabati bilan shaharda turli xildagi bayram tadbirlari va sayllar tashkil etilib, unda viloyatimizdagi estrada yulduzlari hamda folklor jamoalar qatnashishdi.
Ko'tarinki ruhda tashkil etilgan bayram tadbirida G'ozg'on shahar hokimi so'zga chiqib, qatnashchilarni ushbu ayyom bilan qizg'in muborakbod etdi.
Bayram sayllarida shahrimizdagi mahalla fuqarolari yig'inlari o'zlarining milliy urf-odat va udumlarini aks ettirgan ko'rgazma va chiqishlari bilan qatnashishdi.