30.03.2022
Ma’lumki, Majburiy ijro byurosi organlarida joriy yilning 21 fevral kunidan 31 mart kuniga qadar «aliment undiruvi oyligi” deya e’lon qilingan.
Bu davrda Byuroning G’ozg’on shahar bo’limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog’liq bir qancha ijro harakatlari amalga oshirilib, buning natijasida ijobiy natijalarga erishildi.
Xususan, FIB Navoiy viloyat sudining 04.02.2011 yildagi qarzdor M.Mdan undiruvchi M.Xning foydasiga qarzdorning har oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to’g’risidagi ijro hujjati ish yurituviga kelib tushib, O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risida qaror chiqarilib, tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida Byuro xodimlari tomonidan o’tkazilgan suhbat va tushuntirishdan so’ng qarzdor M.Mdan undiruvchi M.Xning foydasiga farzandlari 18 yoshga to’lguniga qadar to’lanishi lozim bo’lgan aliment pullari to’liq undirilib, ijro ishi Qonunning 41-moddasi
1-qismiga asosan ish yurituvidan tamomlandi.
Shuningdek, FIB Navbahor tumanlararo sudining 23.09.2020 yildagi qarzdor J.Bdan undiruvchi J.Fning foydasiga ¼ qismi miqdorida aliment undirish to’g’risidagi ijro hujjati ish yurituvga 07.01.2019 yilda kelib tushib, bo’lim tomonidan O’zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi Qonunning
23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risida qaror chiqarilib, tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida undiruvchi J.Fning yozgan iltimosnomasiga asosan qarzdor J.B bilan o’zaro kelishganligi sababli ijro hujjatini ijrosiz o’ziga qaytarishni so’raganligi inobatga olinib, ijro hujjati yuqoridagi Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan ish yurituvidan tamomlandi.
Bundan tashqari, bo’lim ish yurituvidagi barcha aliment ijro ishlari bo’yicha to’lovlar undirilib borilmoqda.
Aliment undiruvi oyligida qarzdorlardan aliment pullarini undirish, tomonlarni yarashtirish, bu borada ajrimlarni kamaytirishga Byuro organlari hissasini qo’shish yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.