06.04.2022
G'ozg'on shahar hokimligi matbuot xizmati boshchiligida shahardagi ishlab chiqarish zavodlari, shahardagi yashil yillik loyihasi doirasida olib borilayotgan obodonchilik ishlari bilan tanishish maqsadida viloyatdagi ommaviy axborot vositalarining vakillari hamkorligida press tur tashkil etildi.
G'ozg'on shahar hokimligi matbuot xizmati boshchiligidagi Press tur dasturi ishtirokchilari shahardagi sanoat korxonalarida xususan, granit toshlarini qayta ishlab chiqaruvchi «Marmarobod» MchJ zavodi, trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Premier Textile» korxonasiga tashrif buyurilib, ushbu korxonalarning ishlab chiqarish hajmi va ish jarayonlari bilan Press Tur ishtirokchilari tanishishdi.
Shu bilan birga ishchi guruh shahardagi magistral va ichki avtomobil yo'llari atroflariga «Yashil yillik» loyihasi doirasida G'ozg'on shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ekilayotgan daraxt ko'chatlarining ekilish jarayoni bilan tanishishdi.
Press tur dasturi O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O'zbekiston 24» telekanli hamda Navoiy viloyatining «Navoiy - FM 101.6» radiokanali ijodkorlari ishtirokida o'tkazildi.