XOTIN-QIZLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
06.04.2022
G'ozg'on shahrida istiqomat qilib kelayotgan xotin-qizlar murojaatlarini tinglash hamda ularga yaqindan ko'maklashish maqsadida G'ozg'on shahar hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari D.Egamova ishtirokidagi sayyor qabul bo'lib o'tdi.
Sayyor qabul «Tumar» mahalla fuqarolarini yig'ining binosida tashkil etilib, unda Tumar hamda Guliston mahalla fuqarolarini yig'ini fuqarolar qabuli qilindi.
Qabul davomida 10 ga yaqin kelib tushgan murojaatlarllning har biri nazoratga olinib, ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha shahardagi korxona, tashkilot mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.