29.04.2022
Joriy yil 26 yanvardagi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Senat tomonidan 2022 yil 3 fevralda ma’qullangan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.
Jumladan;
1) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etils in:
«Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo’lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo’lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi»; Ya’ni III guruh ChAES nogironlariga ham pensiya tayinlash ko’zda to’tilgan.
2) 19-moddaning:
uchinchi qismi «a» bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to’lmagan bo’lsa yoki 18 yoshdan katta bo’lsa, agar ular 18 yoshga to’lguniga qadar nogironligi bor bola bo’lib qolgan bo’lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo’lmasa»;
to’rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ta’lim tashkilotlarining o’quvchilari va talabalari o’qishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga to’lguniga qadar boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega»;
3) 37-modda birinchi qismining:
«d» bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«d) I guruh nogironligi bo’lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo’lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko’ra) o’zgalarning parvarishiga muhtoj bo’lgan 80 yoshga to’lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt»;
«j» bandidagi «ko’pi bilan 3 yil» degan so’zlar «ko’pi bilan 6 yil» degan so’zlar bilan almashtirilsin; Misol ayol Jami ish staji 28 yil 08 oyni tashkil etgan bulib, shundan 3 nafar farzandi uchun 05 yil 06 oy bola parvarishida bo’lgan. Ilgari bola parvarimshi uchun 3 yil staj olinib jami 26 yil 08 oy hisobidan pensiya tayinlangan.Endilikda esa xamma staji ya’ni 05 yil 06 oy bola parvarish ish staji olinib yuqorida ko’rsatilganidek 28 yil 08 oy ish stajni hammasi hisobga olingan.
4) 47-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:
«O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo’lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so’rab bir oy ichida murojaat qilgan bo’lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan e’tiboran tayinlanadi»;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to’rtinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 53-modda chiqarib tashlansin; Ya’ni (Ishlab turgan pensionerlarga pensiyalar ularning ish joyidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lanadi) deyilgan.
6) 58-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin; Ya’ni Pensioner (boquvchisini yuqotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashkari) ishga kirgan taqdirda, bu haqda o’zining istiqomat joyidagi O’zbekiston Ruyespulikasi Miliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tuman (shahar) bo’limini xabardor qilishi shart.
7) 66-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to’lash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini shakllantirish tartibi O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni to’lash uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan transfertlar ajratilishi mumkin».
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasining G'ozg'on shahar
bo’limi boshlig'i o'rinbosari M.Kushtayev