HASHAR - YURT OBODLIGI YO'LIDAGI HARAKAT
30.04.2022
Shahrimiz bo'ylab mehnatkash fuqarolarimiz va faol korxona-tashkilotlar tomonidan umumxalq hashari bo'lib o'tmoqda. Hashar ishida barcha birdek hissa qo'shib, hududlar obod qilinmoqda.
G'ozg'on sharidagi faol korxona-tashkilotlarda xizmat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz "Kuch - birlikdadir" shiori ostida birlashib, shaharimizni go'zal qiyofaga olib kelishmoqda.
Barcha hashar qatnashchilariga, mehnatkash xalqimizga ushbu xayrli ishlarida omad tilab qolamiz va qolgan yurtdoshlarimizni ham ushbu umumxalq tadbiriga chorlab qolamiz zero, yurt obodligi kelajak poydevori demakdir.