08.05.2022
Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg'usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o'tmishni, ajdodlar o'gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.
Bugun G'ozg'on shahrining markazida joylashgan «Motamsaro ona» monumentida «9 - may xotira va qadrlash» kuni munosabati bilan xotira tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi madhiyasi kuylandi. Shundan so'ng G'ozg'on shahar hokimi A.Bazarov ikkinchi jahon urushida mashaqqatlar evaziga qozonilgan g'alabada ajdodlarimizning qo'shgan ulkan hissalari haqida so'zlab, qatnashchilarni ushbu muqaddas kun bilan tadbirkladi.
Shuningdek, shahardagi faxriy nuroniylar va shahar hokimi boshchiligidagi shahar faollaridan tashkil topgan tadbir qatnashchilari monument poyiga gulchambarlar qo'yishib, hurmat-ehtirom ko'rsatishdi.
Fotobank (ko'proq fotosuratlar) - https://disk.yandex.ru/d/OuKzorC9WBXllQ