26.05.2022
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–128-son, 29.04.2022-y.) qabul qilindi
????Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.
➡️ Shunga koʻra, Oʻzbekiston hududida pensiya va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:
▫️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 soʻm;
▫️yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 633 000 soʻm;
▫️nogironlik pensiyalari, ish staji toʻliq boʻlmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 soʻm;
▫️mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlganlarga beriladigan nafaqa – oyiga 698 000 soʻm;
▫️1941-1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 soʻm;
▫️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 soʻmdan) 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 soʻm.
✅ Shuningdek, 2022-yil 1-maydan:
????zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm;
????ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 soʻm;
????boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 185 000 soʻmdan qoʻshiladi;
????boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.