27.05.2022
Bugun, G'ozg'on shahar hokimligi Axborot xizmati tomonidan shahardagi bunyodkorlik hamda qurilish ishlari bilan keng jamoatchilikni xususan, OAV vakillari hamda shahar aholisini tanishtirish maqsadida navbatdagi press tur tashkil etildi.
Press turda mahalliy nashriyot vakillari, blogerlar hamda Navoiy viloyat TRK ijodkorlari faol qatnashishdi.
Tadbir avvalida shahardagi istirohat bog'ida shahar hokimi boshchiligidagi mas'ullar rejalashtirilayotgan qurilish ishlarining loyihalari bilan qatnashchilarni tanishtirish maqsadida taqdimot o'tkazishib, jamoatchilik tomonidan berilgan savollarga atroflicha tushuntirish ishlarini olib borishdi.
Jumladan, ayni kunlarda shaharda "Obod markaz" dasturi doirasida umumiy uzunligi 1,5 km qatnov qismi 6 metrdan iborat asfalt yo‘l, yo‘lning qatnov qismida eni 1,5 metr bo‘lgan asfalt qoplamali piyodalar yo‘lakchasi, suv qochirish lotoklari hamda piyodalar yo‘laklarini yoritish uchun tungi yoritgichlar o‘rnatish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari "Guliston" hamda "Shayxon" mahalla fuqarolari yig'inlari uchun yangi, zamonaviy tarzda ma'muriy bino qurilish ishlari boshlangan.
Fotogallereya - https://disk.yandex.uz/d/23H_4z9s6nX2dA