03.06.2022
Ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yig‘ma ro‘yxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar (shu jumladan, erkaklar va ayollar) bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar shahar va qishloq aholisiga ajratilgan holda shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishning dastlabki ma’lumotlari 2024 yil 1 martga qadar tayyorlanadi.
Aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlari respublika va hududlar bo‘yicha belgilangan jadvallar shaklida 2025 yil 1 dekabrgacha shakllantiriladi.
E’lon qilingan ma’lumotlardan tashqari qo‘shimcha ma’lumotlar foydalanuvchilarning so‘rovlariga muvofiq shakllantiriladi.
Yakuniy natijalar birlamchi ma’lumotlar bazasidan shakllantiriladi.
Aholini ro‘yxatga olish natijalarini chop etish Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan 2025 yil 1 dekabrgacha rasmiy bosma nashrlarda, shuningdek, elektron manbalarda, foydalanuvchilarning keng ommasi uchun ommabop nashrlarda, (risolalar, press-relizlar, atlaslar, taqdimot materiallarida va boshqalarda), Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali e’lon qilinadi.
Qayta ishlangan qog‘oz ko‘rinishidagi aholini ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini saqlash va yo‘q qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Aholini ro‘yxatga olishning elektron ma’lumotlar bazasi va boshqa hujjatlarning elektron shakli hamda aholini ro‘yxatga olishning yig‘ma hujjatlari qayta ishlanganidan so‘ng belgilangan tartibda doimiy saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga taqdim etiladi.