XITOYLIK TADBIRKORLARNING LOYIHALARI O'RGANILDI
13.06.2022
Shahrimizda tosh ishlab chiqarish sanoati bilan shug'ullanib kelayotgan xitoylik tadbirkor Dong Xiaoting bilan loyihalar yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi.
Shahar hokimi tadbirkorning muammolarini o'rganib, o'z takliflarini berdi. Ushbu tadbirkor tomonidan hozirgi kunda marmar va granit toshlarini ishlab chiqaruvchi karyer ya'ni foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi faoliyati olib borilmoqda.