24.06.2022
➖Bazarov Baxtiyor Yaxshilikovich Respublika ixtisoslashtirilgan epidemologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali direktori vazifasiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar, Karmana tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
➖O‘rinov Erkinjon Yusupovich Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyati filiali direktori vazifasiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ASTTQQ va JFO bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
➖Qurbonov Farxod Absalomovich Navoiy viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori vazifasiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar, viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.