24.06.2022
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o’qituvchilardir” degan g’oyalari bugungi kunda o’z aksini mamalakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishida ko’rishimiz mumkin. Xalq ta’limi sohasini rivojlantirish bo’yicha hurmatli Prezidentimiz tomonidan bir qator Farmon va Qarorlari qabul qilindi. 2022 yil 3-fevraldagi maktab ta’limi isloh qilish chora tadbirlari, 11 mayda 2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha milliy dasturi qabul qilindi.
Shaharda 3 ta umumiy o’rta ta’lim maktabi faoliyat olib bormoqda.
2021-2022 o’quv yilida 1589 nafar o’quvchi (9-sinf 134 nafar, 11-sinf 120 nafar) tahsil oldi.
3 ta maktabning har 3 tasida (100 %) o’qish jarayoni 2 navbatda tashkil etilgan. Shuningdek, 1 ta maktabda navbatlilik koeffisiyenti – 1,5 dan yuqori.
Pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi.
Shaharda jami 141 nafar pedagog xodimlar faoliyat ko’rsatib, shundan pedagog xodimlarning 126 (89.3%) nafari oliy, 5 (3.5%) nafari tugallanmagan oliy, 10 (7.2%) nafari o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchilar. O’qituvchilarning 4 (2.8%) nafari oliy toifali, 28 (19.8%) nafari birinchi toifali, 36 (25.5%) nafari ikkinchi toifali, 63 (44.6%) nafari mutaxassis, 10 (7.3%) nafari o’rta maxsus ma’lumotli o’qituvchilar. Kadrlarga bo’lgan ehtiyoj rus tili, kimyo va biologiya fanlari o’qituvchilari. Xalq ta’limi bo’limida iqtisodchi shtat birligi vakant.
Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qamrovi va o’quv-tarbiya jarayoni
Umumta’lim maktablarini 2021 yilda 107 nafar o’quvchi bitirib, shundan 96 (89.7%) nafari OTMga kirgan bo’lib, xususan mahalliy OTMga 39 (36.4%, 7 nafari grant, 32 nafari kontrakt) nafari, 57 nafar (53.2%) nafari xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilingan.
Eng yuqori ko’rsatgich tumanidagi 2-umumta’lim maktabida 31/28 nafari (90.3%), 3-umumta’lim maktabida 18/15 nafari (83.3%) nafarni, 1-umumta’lim maktabida 58/53 nafari (91.3%) talabalikka tavsiya etilgan.
Bitiruvchilarning OTMlarga kirish imtixonlaridagi o’rtacha ballari 1-maktab 73.2 ball, 2-maktab 69.9 ball, 3-maktab 84.56 ballni tashkil etadi. Respublikada o’rtacha ball 75.5 ballni tashkil etganini hisobga oladigan bo’lsak, 1, 2-maktablar respublika natijasidan past ko’rsatkichlarga erishgan.
G’ozg’on shahridagi 1-maktabda joriy yilning 23-aprel kuni Ta’lim sifatini baholash bo’yicha tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan PISA-2022 dasturiga asosan 2006 yilda tug’ilgan 42 nafar o’quvchilardan test sinovlari va so’rovnomalar olindi.
G’ozg’on shahridagi 3-maktabda milliy reyting 14 may kuni sinovlar o’tkazildi.
G’og’g’on shahridagi 11 nafar ingliz tili o’qituvchilaridan 6 nafari Xalqaro va milliy sertifikatlar qo’lga kiritdi.
G’ozg’on shahridagi barcha umumta’lim maktablarining 11-sinf o’quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga tayyorgarlik ko’rishni tashkil etish maqsadida “Abituriyent shtabi” tashkil etilib, bitiruvchi o’quvchilarning qiziqishlariga ko’ra, o’zlari tanlagan mutaxassisliklar bo’yicha majburiy va mutaxassislik fanlari majmuasidan "Ilmu-ziyo" o’quv markazi bilan hamkorlikda test sinovlar yuqori saviyada tashkil etildi.
Shahardagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabining 8-nafar 11-sinf bitiruvchilari oltin medal va A’lo darajali Shahodatnoma, 9-sinf o’quvchilaridan 2-maktabning 3 nafar, 1-maktabning 7 nafar o’quvchilari imtiyozli shahodatnoma asosida maktabni tamomladilar.
Hududdagi nodavlat o’quv markazlariga hamda professional ta’lim muassasalariga qisqa muddatli kurslarga bitiruvchilarnining 120 nafari 24 nafari haydovchilik, uy hamshirasi va axborot texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha kasbga yo’naltirildi.
Joriy yilda ilk bor O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o’tkazilayotgan “Eng yaxshi chet tillarini o’rgatuvchi maktab” ko’rik-tanlovi ham xorijiy tillarni ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o’qitish sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil bo’lmoqda. Tanlov natijalariga ko’ra 1-o’rin 1-maktab jamoasi, 2-o’rin 2-maktab jamoasi va 3-o’rinni 3-maktab jamoasi egalladi. Tanlovning shahar bosqichida birinchi o’rin uchun 100 million so’m, ikkinchi o’rin uchun 75 million so’m, uchinchi o’rin uchun 50 million so’m pul mukofotini qo’lga kiritishdi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Ta’lim muassasalarda o’quvchi yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, erta turmush kabi salbiy illatlarni oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, 2022 yil o’tgan 6 oy davomida o’quvchi-yoshlarni yot g’oyalardan asrash, shuningdek, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish hamda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo’yicha 80ga yaqin targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda shahar Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, shahar IIB bo’limi, din vakili, shahar Yoshlar ishlar agentligi bilan keng ko’lamda hamkorlik ishlari yo’lga qo’yildi.
Bu orqali o’tgan o’quv yilida yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik sodir etilmadi.
Ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi. “Uch avlod uchrashuvi”, “Farzandimga kitob sovg’a qilaman” va tadbirlar o’tkazildi.
O’quvchi yoshlarni munosib taqdirlash maqsadida G’ozg’on shahar xalq ta’lim bo’limi tomonidan shahardagi eng faol va iqtidorli o’quvchi qizlar tanlab olinib, ularni voyaga yetkazib, tarbiyalagan ota-onalariga shahar hokimi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg’alari berildi. O’quvchi qizlarimizga badiiy kitoblar to’plami taqdim yetildi.
Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan o’tkazilgan "Eng yaxshi kitobxon ta’lim muassasasi" ko’rik tanlovining viloyat bosqichida 1-maktabning 8-sinf o’quvchisi Tursunova Gulpari faxrli III o’rinni egalladi.
"Yosh kitobxon" ko’rik tanlovining respublika bosqichi ishtirokchisi Islomova Farangiz esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
“Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etgan G’ozg’on shahar 2-maktabning 10-sinf o’quvchisi Ochilova Mohinur viloyat bosqichida g’olib bo’lib, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi. Ushu Sanda" sport turi bo’yicha O’zbekiston chempioni Nabiyeva Maftuna bir qancha musobaqalarda g’oliblikni qo’lga kirtidi.
G’ozg’on shahridagi 2-maktabning 11-sinf o’quvchisi Muhammadali Abduxomidov sangtaroshlik, 11-sinf o’quvchilari M.Xaqnazarova, A.Ochilova, D.Nusratova, M.Raxmonova, M.G’afurovalar kashtachlik, G’ozg’on shahridagi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisi Mushtariy Abdurayimovani nonvoylik sir asrorlarini o’rganib, mustaqil ravishda daromad olishga erishmoqdalar.
G’ozg’on shahridagi umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda 2021-2022 o’quv yilida amalga oshirilgan ishlarni baholash bo’yicha 3 ta maktab ham yashil maktabga kiritilgan.
2022 yil 20 iyun kuni Navoiy shahridagi yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan kurash maktabida “Kurash – milliy g’ururimiz” shiori ostida sportning kurash turi bo’yicha viloyat birinchiligi o’tkazildi. Musobaqa natijalariga ko’ra 3 nafar o’quvchimiz faxrli 2-o’rinni, 1 nafar o’quvchimiz 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.
Darsliklar ta’minoti.
2020-2021 o’quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinflari uchun 12 nomdagi 148 komplekt yetkazib berilgan. (100%). 2-sinf o’quvchilari uchun 144 komplekt kitob yetkazilib berilgan.1-maktab o’quvchilar soni 87 ta 87 komplekt, 2-maktab o’quvchilar soni 40 ta 40 komplekt, 3-maktab o’quvchilar soni 17 ta 17 komplekt to’liq yetkazilgan (100%). 3-10 sinf o’quvchilari uchun jami 120 nomdagi 1125 komplekt kitob berilgan. 1-maktabning 3-10-sinf o’quvchilar soni 127 ta , 2-maktabning 3-10 sinf o’quvchilar soni 79 ta, 3-maktabning 3-10 sinf o’quvchilar soni 41 tani tashkil etadi. O’quvchilar (100%) to’liq darsliklar bilan ta’minlangan. 11-sinf o’quvchilar soni 12 nomdagi 107 komplekt . 1-maktab 11-sinf o’quvchilar soni 47 ta , 2-maktab 11-sinf o’quvchilar soni 41 ta, 3-maktab o’quvchilar soni 20 tani tashkil etadi. Jami 18107 dona darsliklar bilan ta’minlangan.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
Hozirgi kunda shaharda Xalq ta’limi tizimidagi maktablar jami 3 tani tashkil etib, ularning 2 tasi ko’mir, 1 tasi tabiiy gaz yoqilg’isi bilan isitiladi.
2021-2022 yillar kuz-qish mavsumi uchun 271 tn ko’mirga yoqilg’isiga ehtiyoj berilgan bo’lib, hozirgi kunda 271 tn ko’mir ta’lim muassasalariga yetkazib berildi.
Ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish maqsadida 1-maktab filialida, 2 va 3-maktablarga ko’mirxona qurildi.
Ta’lim muassasalarining 2 tasi ichimlik suvi tarmog’iga ulangan bo’lib, qolgan 1 tasi artizan quduq orqali nasoslar va filtr o’rnatilgan.
2022 yilda Fuqarolar tashabbusi (ochiq byudjet bo’yicha) 1-maktabda 850 mln.so’mlik panjara o’rnatish va yangi parta, stol-stullar ajratildi.
Shahar xalq ta'limi bo'limi mudiri A.Qarshiyev