30.06.2022
G'ozg'on shahri hokimligining majlislar zalida “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishlar boʻlib oʻtmoqda.
Jumladan, shu kabi tadbirlar Nurota va Navbahor tumanlarida tashkil etilib, unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mas'ul korxona tashkilotlar ishtirok etishdi.
Yig`ilishda soʻzga chiqqanlar konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub boʻlgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalarga aylanishini taʼkidladi