07.07.2022
Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi boshqarma boshlig'i D.Mirzajanova boshchiligidagi ishchi guruh a'zolari G'ozg'on shahriga tashrif buyurishib, xotin-qizlar faollariga yuklatilgan vazifalarni joylarda bajarilishini o‘rganish, ularning natijadorligini oshirishda mutasaddi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish maqsadida mas'ullar bilan uchrashishdi.
Mahalla xotin-qizlar faoli lavozimiga saralangan nomzodlarning faoliyatga samarali kirishish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida G'ozg'on shahar hokimligi binosida shahardagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli, mahalla raislari, hokim yordamchilari va hamkor tashkilot rahbarlari bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
Unda Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi boshqarma boshlig'i D.Mirzajanova, G'ozg'on shahar hokimi A.Bazarov, shahar hokimi o‘rinbosari D.Egamova, sektor rahbarlari va hokim o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvni shahar hokimi ochib berib, xotin-qizlar faollariga mahalladagi tinch-osuda hayotni barqaror saqlash, fuqarolarni rozi qilish, mahallada doimo adolatli bo‘lishni, ayollarning bandligini ta’minlash borasida mas’uliyat bilan ishlash borasida ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng D.Mirzajanova Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;
Oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
Xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;
Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar va majburiyatlari haqida uchrashuv ishtirokchilariga ma’ruza qildi.
Shundan so‘ng shahar hokimining o‘rinbosari D.Egamovaning hisoboti tinglandi.
G'ozg'on shahar hokimligi axborot xizmati