⚽️ “Yangiyer-quruchi U-19”
19.07.2022
⚽️ “Yangiyer-quruchi U-19” jamoasi “Buxoro” U-19 ni qabul qildi
Ushbu uchrashuvda yosh yangiyerliklar 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Uchrashuvdan soʻng, “Yangiyer-quruchi” U-19 bosh murabbiyi Muhammadali Fayzullayev oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
- Avvalambor bu gʻalaba bilan Sirdaryo viloyati va jamoamiz ishqibozlarini tabriklayman. Oʻylashimcha, shogirdlarimiz aynan 3-turga kelib eng yaxshi oʻyinini koʻrsatdi. Bolalar gʻalaba yoʻlida harakter koʻrsatishdi. Ayniqsa, bir kishi kam boʻlib qolganimizdan keyin gʻalaba yoʻlida mehnat qilishdi, kurashdi. Toʻgʻrisi, muhim gʻalabani qoʻlga kiritdik.
Qizil kartochkadan keyin taktikada oʻzgarish qildik. Zaxiradan tushgan Azizbek Ahrorov gol urib, jamoaga hissa qoʻshdi.