01.08.2022
Majburiy ijro byurosining G’ozg’on shahar bo’limi tomonidan qilingan say-harakatlar natijasida yana bir soliq qarzdorligi undirildi.
Xususan, bo’lim ish yurituvida Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasining tegishli qaroriga asosan qarzdor mas'uliyati cheklangan hamiyatdan undiruvchi Davlat soliq inspeksiyasining foydasiga 411,121,45 so’m soliq qarzdorligi undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo’limga kelib tushib shu kuni O’zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida» gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo’zg’atish to’g’risida qaror qabul qilinib, tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida MChJning aniqlangan barcha bank kartalari va hisob-raqamlariga inkasso topshiriqnomasi qo’yilib, 27.06.2022 yilda MChJdan soliq qarzdorligi to’liq undirilishi ta’minlandi va ijro hujjati ish yurituvidan tamomlandi.
MIB G’ozg’on shahar bo’limi
boshlig’i
1-darajali yurist T.B.Rustamov