04.08.2022
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015 yil 10 iyunidagi “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro’yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyusiyasini qabul qildi. Unga ko’ra, BMTga a’zo davlatlar har o’n yilda kamida bir marta aholi va uy-joylarni ro’yxatga olishni o’tkazishi belgilab qo’yilgan. Bugungi kunga kelib, MDH davlatlarida, shuningdek mamlakatimizda ham bu jarayonga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq respublikamizda 2023- yilning 1-25 noyabr kunlari aholini ro’yxatga olish tadbiri amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish tadbirlarini tashkil etishda turar joylar va binolar ro’yxatlarini tuzish hamda registratorlik uchastkasining sxematik rejasiga aniqlik kiritish maqsadida, ushbu Qaror bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom”ning 4-bob 24 bandiga muvofiq, 2022 yilning 1 avgustdan 1 sentyabrgacha bo’lgan davrda respublikamizda, jumladan Navoiy viloyatida ham bino va uy-joylar xatlovdan o’tkazilib, aholi yashab turgan binolar va uy-joylarning ro’yxatlari shakllantirilib, aholi punktlarining sxematik xaritalari aniklik kiritiladi. Buning uchun viloyat bo’yicha 1 oy muddatga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida uy-joylarni ro’yxatini tuzuvchilar (registratorlar) jalb etiladi. Registratorlar registratorlik uchastkalariga biriktiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududida bir nafar registratorga to’g’ri keladigan o’rtacha 1000 ta turar joy binolari bo’yicha yuklamadan kelib chiqib shartli ravishda registratorlik uchastkalariga bo’linadi. Borish qiyin bo’lgan hududlarda yuklama sifatida o’rtacha 800 ta turar joy binolari olinadi. Registrator turar joylar va binolarni to’liq aylanib chiqish orqali sxematik planga aniqlik kiritadi: yangi qurilgan va qurilayotgan uylarni belgilaydi va buzilganlarini o’chirib chiqadi hamda yashovchilar sonini ko’rsatgan holda turar-joylar va binolar ro’yxatini tuzadi. Ular 2022 yilning 1 avgustidan – 3 avgustiga qadar turar joylar va binolar ro’yxatini tuzish va registratorlik uchastkasining sxematik rejasiga aniqlik kiritish bo’yicha maxsus o’qitiladi va amaliy mashg’ulotlardan o’tkaziladi va 2022 yilning 4 avgustidan – 31 avgustiga qadar joylarda uy joylar va binolarni to’liq tekshirib chiqish ishlari amalga oshiriladi.