18.08.2022
Assalomu alaykum Hurmatli brifing qatnashchilari!
Sizga Navoiy viloyati Gozgon shaxri maxalliy byudjetining 2022yil 1chi yarim yillik ijrosi tugrisida malumot bermokchiman.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning rahnamoliglarida mamlakatimizda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan Gozgon shaharimizda ham joriy yilning birinchi yarim yilligida bir qancha ishlar amalga oshirilishi ta’minlandi.
O’zbekiston Respublikasining 2021 yil 15 dekabrda qabul qilingan “2022 yil uchun O’zbekston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi -742-sonli Qonuniga asosan 2022 yil uchun shahar byudjetning daromadlar qismi 4 077mln sum etib Xarajatlar qismi esa 18 042 mln. so’m prognoz ko’rsatkichlari belgilangan edi.
Joriy yilda byudjet daromadlarining 1 yarim yillikda Mahalliy byudjetning daromadlar qismining rejasi 1084.4 mln. so’m etib belgilangan bo’lib, haqiqatda 1425.4 mln. so’mga yoki 131 foizga ijro etildi. Byudjetga qo’shimcha 341 mln so’m daromad tushirildi.
Shahar mahalliy byudjetining xarajatlar ijrosi to’g’risida.
Malumot beradigan bo'lsak
Shahar mahalliy byudjetini xarajatlar qismi 2022 yil 1 yarim yillikda 9,6 mlrd so’m rejalashtirilgan bo’lib, rejaga asosan 11,1 mlrd so’m mablag’ moliyalashtirildi, yoki xarajatlar ijrosi 115,6 foizni tashkil etadi.
Jumladan:
- Sog’liqni saqlash sohasidagi xarajatlar aniqlangan rejasi 2.1 mlrd so’mni tashkil etib xaqiqatda esa 2.04 mlrd so’m miqdorida xarajatlar amalga oshirildi;
- Boshqaruv xodimlari xarajatlari uchun aniqlangan reja miqdori 2,49 mlrd so’mni tashkil etib, xaqiqatda esa 2,78 mlrd so’m miqdorida xarajatlar amalga oshirildi;
- Xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim xarajatlari uchun aniqlangan reja miqdori 1,81 mlrd so’mni tashkil etib, xaqiqatda 2,07 mlrd so’m miqdorida xarajatlar amalga oshirildi;
- Boshka soxalar xarajatlari uchun aniqlangan reja miqdori 3,2 mlrd so’mni tashkil etib, xaqiqatda 4,21 mlrdn so’m miqdorida xarajatlar amalga oshirildi;
Hurmatli brifing ishtirokchilari!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shima chora-tadbirlar to’g’risida”gi -5072-sonli qarori hamda, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining 2021 yil 22 apreldagi “Mahalliy byudjet mablag’lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to’g’risida”gi -213- -son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida moliya vazirligi xuzurida ochik byudjet portali dasturi ishlab chikilgan bulib ushbu dastur doirasida shaxrimizda xam moliya bulimi xodimlari tomonidan xududlarga borib axoliga targibot tashfikot ishlari olib borilmokda Yani dasturga kanday krib taklif va ovoz berish kerakligi tushuntirib borilmokda. 2022 yil G’ozg’on shahar byudjetining xarajatlar qismining 5% ya’ni 851 mln so’m rejalashtirildi. 2022 yilning fevral-mart oylarida G’ozg’on shahrida Fuqarolar tashabbusi loyihasining birinchi bosqichida jamg’armaga 912 mln so’m ajratildi 101 ta tashabbus kelib tushdi shundan 85 ta loyiha qabul qilinib ovoz berish natijalariga ko’ra 2 ta tashabbus golib deb topildi. yani
- 1-umumta’lim maktabiga o’quvchi partalar sotib olish (618 ta ovoz bilan 300 mln)sumlik loyixa
- 1-umumta’lim maktabi atrofini o’rash (541 ta ovoz bilan 550 mln)
loyihalar
Ushbu g’olib bo’lgan tashabbuslar birja savdolari orqali e’longa berilib o’quvchi partalar sotib olish 285.5 mln so’mga to’liq yakunlandi, maktab atrofini o’rash ishlari 530.4 mln so’mga g’olib aniqlanib bugungi kunda ishlar 100% yakunlandi.Tashabbusli byudjetnig 2 boskichi uchun 1 milliard 140 million sum mablag ajratilgan. Xozirgi paytda 104 ta taklif kelib tushgan va ushbu takliflar tuzilgan komissiya azolari tomonidan saralab olinmokda.ushbu takliflarga 12 sentyabrdan boshlab ovoz berish jarayonlari boshlanishini malum kilamiz.
Hurmatli brifing qatnashchilari!
Joriy yilning keyingi choraklarida ham mahalliy byudjetning daromadlar qismi ijrosi ortig’i bilan bajarish bo’yicha barcha choralar ko’rilmoqda.
Ortikcha daromadlar birinchi navbatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi davomida belgilangan tadbirlarga, Huqumat qarorlari, bayonlari va dasturlardagi tadbirlarga yo’naltiriladi.
E’tiboringiz uchun raxmat!