AYOLLAR DAFTARIDAGI HAMSHAHARLARIMIZ UCHUN ISLOM DININING QUVVATI BO‘LGAN BUXORO SHAHRIGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI
13.09.2022
Buxoro — tabarruk zamin. Azal-azaldan turli savdo yo‘llari, madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan bu ko‘hna go‘shaning ohanrabosi, ko‘rku tarovati insonni doimo o‘ziga chorlab turadi.
Ayniqsa, o‘ziga xos Xojagoniya tariqatining yetti ulug‘ piri mangu qo‘nim topgan ziyoratgohlarni tavof etish amali ko‘plab musulmonlar uchun alohida orzu hisoblanadi.
Bugun shahrimizdagi bir guruh keksa avlod vakillari G'ozg'on shahri hokimi A.Bazarov tashabbusi bilan mazkur ziyoratgohlarga sayohat tashkillashtirildi.
Yetti pir — Abduxoliq G‘ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me’moriy majmualaridir.