20.09.2022
Joriy yil 15 iyuldan 3 avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining openbudget.uz rasmiy veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida shaharda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 104 ta takliflar bildirildi.
Ushbu takliflar sohalarga ajratilib, tadbirlar summalariga aniqlik kiritildi va ishchi komissiya a’zolari tomonidan xulosa taqdim etildi. G’ozg’on shahar “Ochiq byudjet” axborot portalida ovoz berish jarayonlari boshlandi. Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida shahar byudjetidan 1206 mln.so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan edi.
Bugungi kunda fuqarolarimiz tomonidan bildirilgan 104 ta taklif ishchi komissiya tomonidan o‘rganilib, 46 ta taklif ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi.Ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan 46 ta takliflar uchun fuqarolar tomonidan 2828 ta sms orqali ovozlar kelib tushganligi aniqlandi.
Yuqoridagi ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra:
????ID raqami №0700600070-sonli G’ozgon shahar -maktab kutubxonasini stellaj va oqituvchilar kitob oqishi uchun partalar olib berish hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash (jami 951 ta ovoz)
????ID raqami №0700600002-sonli G'ozg'on shahar 2- maktabda tik quduq qazish va suv inshootini barpo etish (jami 521 ta ovoz)
????ID raqami №0700600020 G’ozg’on shahardagi 4ta maktabgacha ta’lim muassasalariga kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida ko’mirxona qurish (jami 474 ta ovoz)
????ID raqami № 0700600006 -sonli Tumar MFY ni atrofini ko’kalamzorlashtirish uchun tik quduq qazish (jami 270 ta ovoz) takliflari g‘olib deb topildi.