20.09.2022
Moliya vazirligining “Ochiq budjet” axborot portalida Navoiy viloyatida uchrayotgan kamchiliklar yechimiga mahalliy byujetdan pul ajratish bo‘yicha eng ko‘p ovoz olgan 75 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi. Ularni amalga oshirish uchun 43,6 mlrd so‘m sarflanadi.
G‘olib deb topilgan tashabbuslarning 40dan ortig‘i hududdagi ta’lim muassasalarini (maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari va kollej) ta’mirlash, jihozlash, sport maydonchasi qurish bilan bog‘liq. Qolgan takliflar mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, tibbiyot muassasalariga tibbiy jihozlar olish kabilardan iborat.
Ma’lumot uchun aytish joizki, “Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi mavsumidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun respublika bo‘yicha 1 trln 62 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.
G‘olib bo‘lgan tashabbuslar.