HASHAR — 2022 |G'OZG'ON SHAHRINING OBODLIGI YO'LIDA
24.09.2022
Hasharda barchaga o'rnak bo'lgan holda mehnat qilayotgan qahramonlar guruhidan hisoblangan jamoa bu shahar Obodonlashtirish boshqarmasining ish guruhidir. Doim shahrimizning obodligiga o'z hissasini qo'shib kelgan jamoa bugun ham tinimsiz mehnatlari evaziga barchaga o'rnak bo'lishmoqda.
Ushbu hasharda ishtirok etayotgan G'ozg'on shahrining barcha faollari yuzida iliqlikni ko'rasiz chunki hashar elni birlashtirish, yurtni obod qiladi.
Shuningdek, shahardagi barcha sanoat, ishlab chiqarish va boshqa bir qator korxona-tashkilotlarning hududlarida ham hashar ishlari davom etmoqda. Jarayonlar bilan shahar hokimi A.Bazarov tanishmoqda.
#INSON_QADRI_UCHUN