ELEKTR TA'MINOTIDA VAQTINCHALIK UZILISHLAR BO'LADI!
24.09.2022
Hurmatli isteʼmolchilar!
Dushanba 26-sentyabr kuni G'ozg'on 35/10kv nimstantsida joriy taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu sababdan G‘ozg‘on shahrining Marmarobod mahallasidagi Osiyo guzari va Na'munali uylar massivida hamda sanoat zonasida soat 09:00 dan - 13:00 gacha elektr energiyasi taʼminotida vaqtincha uzilish boʼladi.
Elektr taʼminoti boʼyicha savollar, murojaatlar boʼlsa 1154 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qilishingizni soʼraymiz. Elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʼraymiz.
Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi АJ matbuot xizmati