27.10.2022
Hurmatli yurtboshimizning ta'biri bilan aytganda, “Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi bugun har bir ko'ngilga, har bir xonadonga kirib bormoqda.
Xususan, "Guliston" MFY hududidagi xonadonlarda shahar hokimligi, mahalla fuqarolar yig'inlari bilan hamkorlikda daraxt ko'chatlari o'tqazilmoqda.
Birgina, nuroniy otaxon Namoz bobo Jumayevning "Ko'chat eksam, qayta yoshargandek bo'laveraman" degan so'zlari unib kelayotgan yosh avlodga o'rnak, ibrat bo'lishi shubhasiz.
Hurmatli Yurtboshimizning tashabbuslari bilan joriy yil 20-oktabridan 1-dekabriga qadar "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Dolzarb 40 kunlik" belgilangan.
Bu borada ishlar shahrimiz bo'ylab tizimli yo'lga qo'yilgan.
Bugun, shahar Yoshlar ishlari agentligi hamda mahallalarga biriktirilgan yoshlar yetakchilari tomonidan bo'sh yotgan yerlarga, yo'llar chetiga 100 ga yaqin mevali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.