01.11.2022
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Gʻozgʻon shahrida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Yosh kitobxon" kitobxonlik tanlovi "G'ozg'on shahar hokimi kubogi" shahar bosqichi tashkil etildi.
So'zga chiqqan shahar hokimi A.Bazarovning, "Biz yoshlarimizning kitobsevar bo'lishlari uchun har qancha xizmat qilish kerak bo'lsa tayyormiz!" degan so'zlari barcha ishtirokchi yoshlarga o'zgacha kuch-g'ayrat qo'shdi.
Shundan so'ng, ishtirokchi kitobxonlar O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tavsiya etilgan kitoblardan tuzilgan biletlarga 3 yosh toifasida 2 shart asosida bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.
Tanlov 3 yosh toifasida o'tkazildi. Yakuniy natijalarga ko'ra,
10-14 yosh toifasida:
Iqboljon Hasanov
15-19 yosh toifasida:
Farangiz Islomova
20-30 yosh toifasida:
Gulifar To'xtayevalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
G'olib va ishtirokchi yoshlar shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo'limining diplom, esdalik sovg'alari hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.
G'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarga tanlovning keyingi bosqichlariga omad tilab qolamiz