04.11.2022
O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mirzohid Ubaydullayev G'ozg'on shahriga tashrif buyurdi.
Shahar hokimi A.Bazarov, viloyat Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarma boshlig'i L.Xayrullayev va boshqa mas'ullarga hududning tashrif qog'oziga aylanib borayotgan "Shohimardon" ziyoratgohini turistik maskanga aylantirish bo'yicha loyihalar namoyish etildi. Uning tarixi mahalliy tarixchilar tomonidan so'zlab berildi.
Shundan so'ng, amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.
Ma'lumot uchun, G'ozg'on shahrida saqlanib qolgan osori-atiqalar va tarixi minglab yillarga daxldor nishonalar mazkur go'shaning shonli tarixidan so'zlasada, ushbu manzilning qadim o'tmishi bilan bog'liq sir-sinoatlar haligacha to'liq tadqiq etilmagan.
https://t.me/gazgan_uz_official