04.11.2022
Bundan roppa-rosa 2 yil oldin, 2020-yilning 4-noyabr sanasida Hukumat qarori bilan Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahriga hokimi va sektorlar rahbarlari tayinlangan edi.
Shuningdek, ushbu kunda Navoiy viloyatining G'ozg'on shahri va Nurota tumani chegaralari o'zgarishi hamda G'ozg'on shahri viloyat bo'ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilishi munosabati bilan Navoiy viloyati bo'ysunuvidagi G'ozg'on shahar hokimligi tashkil etilgan edi.
4-noyabr kuni bo'lib o'tgan sessiyada shahar hokimi lavozimiga Azim Bazarov nomzodi ko'rsatilib, bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan, deputatlar Baxtiyor Isoqovni shahar prokurori, Azim Muhitdinovni shahar IIB boshlig'i, Oybek Jo'raqulovni shahar DSI boshlig'i lavozimiga tasdiqlashdi.
NAVQIRON YOSHING MUBORAK - ONA G'OZG'ONIM!
G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI (https://t.me/gazgan_uz_official)