"Madaniyat karvoni" ishtirokchilari keksa nuroniy Rahmon bobo Olimov hamda Robiya aya Olimovalar xonadonida bo'lishdi.
09.11.2022
"Madaniyat karvoni" ishtirokchilari keksa nuroniylar holidan xabar olish maqsadida bir guruh otaxon-onaxonlar bilan uchrashishdi.
Shunday otaxon-onaxonlarimizdan biri 60 yil davomida bir-biriga yelkadosh bo'lib, el-u xalq uchun xizmat qilib kelayotgan Rahmon bobo Olimov hamda Robiya aya Olimovalar xonadon bo'ldi.
Xabar olish asnosida, nuroniylarning kayfiyatiga yanada shodonlik ulashish maqsadida san'at ahli, shoir-u xonandalar tomonidan tilaklar bildirildi, kuy va qo'shiqlar yangradi.
Duosi mustajob insonlarni yod etish sharafdir, baxtdir!
G'ozg'on shahri hokimligi Axborot xizmati