"Madaniyat karvoni" ishtirokchilari Azim bobo Karimov hamda Gulsina buvi Karimovalar xonadonida bo'lishdi.
09.11.2022
"Madaniyat karvoni" ishtirokchilari keksa nuroniylar holidan xabar olish maqsadida bir guruh otaxon-onaxonlar bilan uchrashishdi.
Shunday otaxon-onaxonlarimizdan biri el-u xalq uchun xizmat qilib kelayotgan Azim bobo Karimov hamda Gulsina buvi Karimovalar xonadoni bo'ldi.
Xabar olish asnosida, nuroniylarning kayfiyatiga yanada shodonlik ulashish maqsadida san'at ahli, shoir-u xonandalar tomonidan tilaklar bildirildi, kuy va qo'shiqlar yangradi.
Duosi mustajob insonlarni yod etish sharafdir, baxtdir!
G'ozg'on shahri hokimligi Axborot xizmati