02.12.2022
Hurmatli Yurtboshimizning "Bugun bitta kitob oʻqigan bola, ertaga oʻnta televizor tomosha qilgan bolani boshqaradi" degan soʻzlari ayni haqiqat.
Gʻozgʻon shahar Xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Qadrdon maktabimga kitob sovgʻa qilaman!" kitob aksiyasi tashkil etildi.
Kitob aksiyasi doirasida kitobsevar oʻquvchi-yoshlar, ota-onalar, homiy tadbirkorlar, hamkor tashkilotlar faol ishtirok etishdi.
"...Biz yoshligimizda kitob sotib olaylik deya ota-onamizga soʻz qotganimizda, ularning nigohida och qolamiz-ku bolam!" degan javob sezilardi. Shunday bo‘lsa ham, qo‘shnilar bilan kitobni qo‘lma-qo‘l olib o‘qirdik.
Xudoga shukur bugun iqtisodimiz yaxshi, nabiram qaysi kitobni oʻqiyman desa bajonidil olib beraman" deydi, - tadbir ishtirokchilaridan biri.
Tadbir soʻngida homiylar tomonidan begʻaraz olib berilgan 100 dan ortiq kitoblar maktab kutubxonasi javonlarida qad rostladi.
https://t.me/gazgan_uz_official