G‘ozg‘on shahrining tashqi savdo aylanmasi
05.02.2023
Navoiy viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-noyabr oylari yakuni bilan G‘ozg‘on shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2 364,5 ming AQSH dollarini tashkil etib, viloyat jami hajmidagi ulushi 0,2 % ni tashkil etdi.
Shu jumladan:
Eksport – 1 741,4 ming AQSh dollari;
Import – 623,1 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati