BOBURXONLIK KECHALARI DAVOM ETMOQDA
14.02.2023
G'ozg'on shahrida 14-fevral buyuk mutafakkir, shoh va shoir, davlat va jamoat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobur kabi seving Vatanni" nomi ostida badiiy kechalar tashkil etilmoqda.
Xususan, shahardagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirlarning birida shahar hokimi A.Bazarov ham ishtirok etdi.
Teatrlashtirilgan sahnaviy chiqishlar, shoir ash’oridan yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Shahrimiz bo‘ylab, qutlug‘ sana munosabati bilan bayram dasturlari o‘tkazilmoqda.