22.02.2023
Shu kunlarda havo ilib, barcha hududlarda bahorgi yumushlar boshlab yuborildi.
Ayni vaqtda shahar hokimligi hamda shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
Bugun shahar hokimi Azim Bazarov boshchiligidagi ishchi guruh ushbu yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida hududda bo‘ldi.
Tarixning guvohlik berishicha, "Ota-bobolarimiz tomonidan azal-azaldan bir farzand dunyoga kelsa, yaxshi niyat ila unga atab yangi nihol ko‘chatlari ekilgan".
Shahar hokimi boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari tashkil etilayotgan "Yashil bog‘" hududiga mevali hamda manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.
Aziz hamshaharlar! Mushtaraklik, birlik hamda birdamlik kasb etadigan bunday xayrli ishlarga o‘z hissangizni qo‘shing!