HINDISTONLIK INVESTOR G‘OZG‘ON SHAHRIGA TASHRIF BUYURDI
28.02.2023
Bugun Hindistonlik tadbirkor "THE STONE HUB" MCHJ ta‘sischisi Kataria Kunal Gʻozg‘on shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tadbirkor shahar hokimi A.Bazarov bilan suhbatlashib, O‘zbekistonda xorijiy tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar, shu jumladan soliq imtiyozlari bilan tanishdi.
Ma‘lumot uchun, Hindistonlik tadbirkor tomonidan marmar va granitni qayta ishlovchi korxona tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. 5,0 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirilib, natijada 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
????G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati