14.04.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaroriga asosan, har hafta payshanba kuni o‘tkaziladigan huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida "Ijtimoiy profilaktika" kuni tadbirlari Gʻozg‘on shahar hokimligi, shahar IIB, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.
Ushbu tadbirda shahar hokimi A.Bazarov, shahar prokurori B.Isoqov, shahar IIB boshlig‘i A.Muhitdinov hamda shahar DSI boshlig‘i M.Ramazonovalar ishtirok etishdi.
Aholi orasida kasalliklar profilaktikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida shahar tibbiyot birlashmasida “Salomatlik sayllari” takil etildi.
Sayl doirasida profilaktik tibbiy ko‘riklar, skrining dasturlari va sog‘lomlashtirish tadbirlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni belgilangan tartibda yuqori texnologik muolajalarni o‘tkazish orqali sog‘lomlashtirish choralarini tashkil etish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, kasalliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish, reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish bo‘yicha ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va individual maslahatlar berish ishlari tashkillashtirildi
"Ijtimoiy profilaktika" kuni doirasida G'ozg'on shahar YHXG tomonidan yo'llarda harakatlanish qoidalari bo'yicha targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib, Yo'lovchi va haydovchilarga tushuntirish berib o'tildi.
Profilaktika kuni tadbirlari davomida shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Tumar" MFY hududidagi nosozliklar bartaraf etildi...
Profilaktika kuni tadbirlari davomida "Gʻozg‘onshahargaz" gaz ta’minoti uchastkasi texnik xodimlari tomonidan hududdagi gaz quvurlarida aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, gaz quvurlari bo'yaldi...
Profilaktika kuni doirasida shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari tomonidan, dizenfeksiya ishlari amalga oshirildi...
"Ijtimoiy profilaktika" kuni doirasida shahar SEO va JS tomonidan "Tumar" MFY hududidagi jamoat joylarida dizenfeksiya ishlari amalga oshirildi...
Profilaktika kuni tadbiri davomida Gʻozg‘on shahar “Tumar” MFYda taqsimot bo‘yicha yig‘ilgan shahar IIB xodimlari va jamoatchilik bilan birgalikda hududdagi aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish, yashash turmush tarzini yaxshilash, xonadonlarga birma-bir kirish, fuqarolarning muammolarini bartaraf etish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida xonadonbay harakat qilindi...
Shu bilan bir qatorda ushbu kun doirasida yakka-yolg'iz keksa nuroniylar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Nuroniylarni qiynab kelayotgan masala va muammolar atroflicha o'rganilib, bartaraf etilishi bo'yicha to'liq nazoratga olindi...
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati