Поиск по сайту

G'ozg'onshahar hokimligi
  • Hokimiyat
    •  Rahbariyat
    •  Hokimlik apparati
    •  Mahalliy kengash
    •  Tashkiliy tuzilma
    •  Fuqarolarni qabul qilish tartibi
    •  Xalqaro aloqalar
    •  Rahbariyatning rasmiy bayonot va tabriklari
    •  Jamoat tashkilotlari
    •  FUQAROLARDAN TUSHGAN MUROJAATLAR NATIJALARI
    •  Bo'sh ish o'rinlari
  • Shahar haqida
    •  Ta'lim tizimi
    •  Iqtisodiy ko'rsatkichlar
    •  Madaniyat va sport
    •  Shahar tarixi
    •  Sanoat va ishlab chiqarish
    •  Yangiliklar
    •  Ommaviy tadbirlar
  • Hujjatlar
    •  Davlat ramzlari
    •  O'z kuchini yo'qotgan hujjatlar
    •  Hokimlik tomonidan qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar
    •  Davlat dasturi
  • Axborot xizmati
  • Ochiq ma'lumotlar
    •  Ochiq ma'lumotlar1
    •  OCHIQ BUDJET
    •  Korrupsiyaga qarshi kurashish
  • RU
  • Вид

    A
    A
    A
XALQ DEPUTATLARI GʻOZGʻON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI XXXXIV SESSIYASI O‘Z ISHINI YAKUNLADI

14.04.2023

Bugun Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining navbatdagi qirq to‘rtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida shahar kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.





Sessiya kun tartibiga kiritilgan 10 ta masala ko'rib chiqildi:


1. Gʻozg‘on shahar sektor rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2023 yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti;

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 25 noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Gʻozg‘on shahrida 2022–2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosi to‘g‘risida;

3. Gʻozg‘on shahrida “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ijrosi to‘g‘risida.

4. Gʻozg‘on shahar Kengashining shahar aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023 yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida

5. Shaharda ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

6. Shaharda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti.

7. O‘zbekiston Respublikasi Gʻozg‘on shahar Xalq qabulxonasiga 2023 yilning I choragida bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishini muhokama qilish to‘g‘risida.

8. Gʻozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan 2023 yilning I choragida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar holati haqidagi axboroti to‘g‘risida.

9. Shaharda mahalliy byudjet ijrosi, shuningdek hudud salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy byudjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy byudjet daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida.

10. Shaharda 2023 yilning I choragida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida.





Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati 

G'ozg'onshahar hokimligi

Navoiy viloyati, G'ozg'on shahri Amir Temur ko'chasi 1-uy

© 2021 G'ozg'on shahar hokimligi rasmiy web sayti

Все права защищены

Ma'lumotlar
  • E-mail: GOZGON@NV.UZ
  • Tel: +998 79 523-51-29
  • Faks: +998 79 523-51-09
Hujjatlar
  • Davlat ramzlari
  • O'z kuchini yo'qotgan hujjatlar
  • Hokimlik tomonidan qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar
Hokimlik
  • Tashkiliy tuzilma
  • Rahbariyat
  • Shahar yangiliklari
Медиа
  • Fotogalereya
  • Videogalereya
  • Xaritada joylashuv