NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
20.04.2023
Gʻozg‘on shahar hokimi A.Bazarov, sektor rahbarlari shahar IIB boshlig‘i A.Muhitdinov, shahar DSI boshlig‘i M.Ramazonova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gʻozg‘on shahridagi Xalq qabulxonasi O.Tog‘ayev, hokim o‘rinbosarlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul "Guliston" mahallasida o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida, fuqarolardan 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Fuqarolar tomonidan tibbiy xizmat, kadastr masalasi, subsidiya hamda kredit ajratilishiga amaliy yordam, kommunal soha va boshqa bir qator yo‘nalishlarda murojaatlar qabul qilinib, mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati