06.05.2023
Navoiy viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarga hududda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, hokimlikning devonxona mudiri, yurist, ijro intizomiga mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarni shahar hokimi A.Bazarov kirish so'zi bilan ochib berdi.
Ma’ruzachilar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash to‘g‘risida: tahlillar, muammolar va ularning yechimlari, mahalliy hokimliklarda, korxona tashkilotlarda, ish yuritish va kirim qilinadigan hujjatlarni ro‘yxatga olish hamda mas’ullarga yetkazish to‘g‘risida, norma ijodkorligi bo'yicha atroflicha ma’lumot berildi.
Bu kabi tadbirlar ish yuritish va ijro intizomini yanada mustahkamlash, rahbar va xodimlarning mas’uliyatini hamda shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga keng joriy etishga xizmat qiladi.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati