G'ozg'on shahriga prokuror tayinlandi
18.07.2023
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Gʻafforov Sherzod Kayimovich Gʻozg‘on shahar prokurori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sherzod Kayimovich Navoiy viloyat prokurorining qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish bo‘yicha katta yordamchisi adliya maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Ushbu lavozimda bugungi kunga qadar faoliyat yuritib kelgan Isoqov Baxtiyor Normurodovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Navbahor tumani prokurori etib tayinlandi.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati