19.07.2023
Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi mamlakatimiz bo‘ylab ulkan harakatga aylandi. Loyiha doirasida qanchadan-qancha ulkan maydonlarga mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekilib, bog‘lar bunyod etilmoqda.
Ushbu harakat natijasi o‘laroq, Gʻozg‘on shahri yo‘l yoqasidagi qarovsiz 12 ga maydon, bugun 50 ming mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini bag‘riga olgan ulkan bog‘ga aylandi.
Ayni vaqtda ushbu bog‘da amalga oshirilayotgan ishlar, shahar obodonlashtirish boshqarmasi mehnatkashlarining zahmatli mehnati har qancha e’tirofga loyiq!
Loyiha doirasidagi ishlarni OAV da e’lon qilinishida hamkorlik qilganligi uchun Navoiy viloyat teleradiokompaniyasiga minnatdorchiligimizni bildiramiz!
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati