28.08.2023
Gʻozg‘on shahar hokimligi, shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi Gʻozg‘on shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, yakka-yolg‘iz hamda keksa-nuroniy otaxon-onaxonlarga bayram dasturxoni yozildi.
Tadbir avvalida shahar hokimi A.Bazarov barchani eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy tabrikladi.
Tadbirda so‘z olganlar, bugungi kunda mamlakatimizda, mo‘jazgina jonajon shahrimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorliklar, tinchlik atalmish buyuk ne’matning qadri haqida so‘zlashdi.
Keyingi navbatda shahar madaniyat bo‘limining dilga yaqin kuy-qo‘shiqlari barchaga manzur bo‘ldi.
Mustaqilligimizning 32 yilligi shodiyonalari shahrimiz bo‘ylab davom etmoqda.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati