28.08.2023
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan Navoiy garnizonidagi harbiy qismda viloyat hokimi kubogi uchun “Mard oʻgʻlonlar” harbiy sport musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqada viloyatning 3 ta shahar va 9 ta tumanlaridan og‘ir toifaga kiritilgan yoshlar jamoalari ishtirok etib, 5 ta shart bo‘yicha oʻzaro bellashdi. Xususan, jamoalar “harbiy estafeta”, “arqon tortish”, “kamondan otish”, “pnevmatik quroldan oʻq otish” hamda “tosh koʻtarish” boʻyicha kurashib, oʻzlarining bilagidagi kuchi va mahoratini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, quyidagi jamoalar guruhda peshqadam boʻlib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
1-o'rin: Navoiy shahar jamoasi;
2-o'rin: Zarafshon shahar jamoasi;
3-o'rin: G‘ozg‘on shahar jamoasi.
Musobaqa yakunida Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan tomonidan gʻolib va sovrindor jamoalarga hamda turli nominasiya egalariga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
G‘ozg‘on shahri hokimligi Axborot xizmati