30.08.2023
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Gʻozg‘on shahridagi sport maktabi majmuasi foydalanishga topshirildi.
Ulug‘ ayyomlar arafasida yangidan bunyod etilgan inshootlarni topshirish an’anaga aylangan bo‘lib. bayram kayfiyatiga yanada ruh bag‘ishlaydi. Gʻozg‘on shahrida ham sport maktabi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda shahar hokimi A.Bazarov, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Murtazayev, mas’ullar, keng jamoatchilik vakillari. sportchi yoshlar ishtirok etishdi.
Maktabning ramziy kaliti majmua direktoriga topshirildi. Keyingi navbatda tadbir ishtirokchilari inshoot bilan yaqindan tanishdi.
Marosim davomida sport maktabi tarbiyalanuvchi o'zlarining chiqishlarini namoyish qildi.
Mazkur bino mustaqilligimizning 32 yillik tantanalarida g‘ozg‘onliklar uchun haqiqiy bayram tuhfasi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, ushbu sport maktabi "Ashraf" x/k tomonidan umumiy qiymati qariyb 1 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qayta rekonstruksiya qilindi. Majmua hududdagi 1200 nafardan ortiq o‘quvchi-yoshlarning 10 turdagi olimpiya sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun imkon yaratadi.