04.09.2023
G'ozg'on shahridagi mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Sifatli ta’lim - kuchli jamiyat” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Hududda faoliyat yuritayotgan 3-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan tadbirda shahar hokimi A.D.Bazarov ishtirok etib, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabrikladi.
Shahar hokimi Azim Bazarov 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlarga Prezident sovg'alarini topshirib, ular bilan suhbatlashdi, ta’lim muassasasining 10-sinf o‘quvchilariga "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Mustaqillik darsi" mashg‘ulotini o‘tib berdi.