02.12.2023
Bugun Gʻozg‘on shahrida kurash sportini yanada rivojlantirish, sportchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish, jismonan baquvvat barkamol avlodni shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan 2009-2011 yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasida kurash bo‘yicha shahar birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir ochilishida shahar hokimi A.Bazarov, shahar prokurori Sh.Gʻafforov, hokim o‘rinbosari R.Shodiyev ishtirok etishib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.
Musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida, faxrli 1-o‘rin Gʻozg‘on shahar sport maktabi jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rin Navoiy olimpia zahiralari kolleji jamoasiga, 3-o‘rinni Navoiy sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Gʻolib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.