11.12.2023
Bugun Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining navbatdan tashqari ellik ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya ishini shahar hokimi Azim Bazarov olib bordi.
Sessiya ishida shahar kengashi deputatlari, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida 3 ta masala ko'rib chiqildi.
- Shaharda 2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida.
- Shaharda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti.
- Kadastr agentligi shaharda 2023-yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
Ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, G‘ozg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining Instagram (http://instagram.com/gazganuz__official)dagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib borildi.