22.12.2023
Gʻozg‘on shahrida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvda shahar hokimi Azim Bazarov, shahar IIB boshlig‘i A.Muhitdinov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot mas’ullari, hududda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar hamda sport, san’at va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv avvalida shahar hokimi tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan "Yangi yil" bayrami bilan samimiy qutladi. Shu bilan bir qatorda, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, kelgusi vazifalar yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.
"Men aminmanki, - deydi hokim o‘z so‘zida, ushbu zalda kelgusida fan arboblari, sport, san’at sohasi fidoiylari, shu davlat, shu jamiyat ravnaqi, yuksalishi yo‘lida kamarbasta bo‘ladigan navqiron avlod o‘tiribdi".
Keyingi navbatda, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar, tashabbuslar hamda mulohazalari bilan shahar hokimiga yuzlandi.
Shunda keyin, shahar madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari o‘zlarining kuy-qo'shiqlari bilan barchani manzur etdi.
O'z tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan iqtidorli yoshlar, sport, san’at va boshqa yo‘nalishlarda viloyat, Respublika hamda Xalqaro tanlov va musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar shahar hokimi Azim Bazarovning tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.