23.12.2023
Soliqlar yurtimiz faravonligi, yo‘llarimiz ravonligi, aholi salomatligiga, farzandlarimiz kelajagi uchun sarflanadi. Afsuski, ayrim fuqarolar o‘z majburiyatlarini unitib, soliq qarzlarini to‘lamasdan kelmoqda. Vaholanki, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Majburiy ijro byurosining G‘ozg‘on shahar bo‘limi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat byudjetiga soliq qarzdorligini undirish yuzasidan soliq organlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida 2,6 mlrd. so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.
Misol uchun, bo‘lim ish yurituvidagi ish yurituvidagi “M.O” MChJdan 381,8 mln. soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida, xisob raqamlariga band solingan hamda mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida MChJdan jami 381,8 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirilib, davlat soliq boshqarmasining tegishli hisob raqamlariga yo‘naltirilishi ta’minlangan.
Soliq qarzdorligini undirishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.